Namoyishchilarning aksariyati Bostondagi Emerson kolleji kampusidagi chodir lagerini yo'q qilish paytida hibsga olingan, deb yozadi gazeta.
Falastinni qo‘llab-quvvatlagan talabalar namoyishlari AQShda 700 dan ortiq odamning hibsga olinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, “talabalar faolligining yangi to‘lqini” va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari 18-aprel kuni hududda chodir lageri qurgan namoyishchilarni tarqatib yuborish vaqtida 108 kishining politsiya tomonidan hibsga olinishiga sabab bo‘lgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, huquq-tartibot idoralari tomonidan Bostondagi (Massachusets shtati) Emerson kolleji hududidagi chodir lagerini yoʻq qilish vaqtida 118 kishi, Bostonda joylashgan Shimoli-sharqiy universitetda 102 nafar kishi hibsga olingan. Texas universiteti, Blumingtondagi Indiana universiteti, Atlantadagi Emori universiteti va Arizona shtat universitetida o‘nlab talabalar hibsga olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты