Huawei 1
The Weeknd dunyodagi eng mashhur artist sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

The Weeknd taxallusi ostida ijod qiluvchi Kanadalik qo'shiqchi Abel Tesfaye dunyodagi eng mashhur artist sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. U tarixda oyiga 100 milliondan ortiq foydalanuvchi tinglaydigan birinchi musiqachi bo'ldi. To‘g‘rirog‘i, 111,4 million tinglovchi.

2016-yilda The Weeknd Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi, o'shanda uning "Starboy" albomi eng ommabop deb tan olingan. U to'rtta Grammy mukofoti, yigirmata Billboard mukofoti va Oskarga nomzod bo'lgan.

Abel Tesfaye 1990-yil 16-fevralda Torontoda efiopiyalik muhojir oilada tug‘ilgan. Musiqachi nafaqat qo'shiqchi-qo'shiq muallifi, prodyuser, aktyor, balki jamoat arbobi va xayriyachi sifatida ham tanilgan. 2021-yilda u Jahon oziq-ovqat dasturining yaxshi niyat elchisi bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50109 | Инструменты