Huawei 1
"TikTok" AQSh hukumatini sudga berdi

“TikTok” platformasi va uning bosh kompaniyasi “ByteDance” AQShda sudga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Reuters nashri.

Murojaatda agar ijtimoiy tarmoq sotilmasa, uni blokirovka qilish huquqini beruvchi qonun ijrosini to‘xtatishni so‘ralgan.

Da’vogarlarning ta’kidlashicha, qonun Konstitutsiyani bir qator bandlar, jumladan, so‘z erkinligi to‘g‘risidagi tuzatishni buzadi.

AQSh prezidenti Jo Bayden 24-aprel kuni “TikTok"ni blokirovka qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

Tegishli qonun loyihasi 13-mart kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan. Kongressmenlarning fikricha, xitoylik kompaniya tomonidan amerikalik foydalanuvchi ma’lumotlarining to‘planishi milliy xavfsizlikka tahdid soladi.

“Ushbu qonun 2025-yil 19-yanvargacha “TikTok"ni cheklab, platformadan muloqot qilish uchun foydalanadigan 170 mln amerikalikning ovozini o‘chiradi”, deydi “ByteDance” vakillari.

“TikTok” kompaniya amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini baham ko‘rganini yoki bo‘lishishni rad etadi va AQSh qonun chiqaruvchilarini “spekulyativ” xavotirlarni ko‘tarishda ayblaydi, deya ta’kidlaydi “Reuters”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga