Bu ro'yxatga butun dunyodan jami 50 ta joy tanlab olingan
AQSHning "Time" jurnali 2022-yilning "Dunyodagi eng zo‘r joylar" ro‘yxatini taqdim etdi. Unda jami 50 ta joy tanlab olingan, jumladan O‘zbekiston ham.
Time yozishicha, joriy yilning kuzida Samarqandda 640 gektarlik “Ipak yo‘li” majmuasi ochiladi. Unga dunyoning yetakchi mehmonxonalari ro‘yxatiga kiritilgan 22 qavatli Samarkand Regency Amir Temur va yana yettita mehmonxona kiradi. Shu yilning kuzida O‘zbekistonda birinchi “Ipak yo‘li” adabiy festivali ham bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, jurnal yapon me’mori Tadao Ando rahbarligida Toshkentdagi Davlat san’at muzeyi faoliyatini kengaytirishga e’tibor qaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40515 | Инструменты