Huawei 2
«Titanik»ni cho‘ktirgan aysberg fotosi sotuvga qo‘yildi

«Titanik» kemasining cho‘kib ketishiga sabab bo‘lgan aysbergning fotosurati kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu suratni dafn idorasi xodimi Kichik Jon Snou «Titanik» halokatga uchragan joyga birinchilardan bo‘lib yetib borgan «Makkey-Bennett» kemasida turib olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muztog‘ bilan to‘qnashuv oqibatida «Titanik»ning 1 500 dan ortiq yo‘lovchisi halok bo‘lgan. «Makkey-Bennett» jamoasi suvdan 306 kishining jasadini chiqarib olgan.

Fotosurat 1912-yilning 16-aprelida olingan. Bu aynan o‘sha aysberg ekanini «Miniya» kemasi yozuvlari ham tasdiqlaydi. Bir necha kun o‘tib halokat joyiga yetib borgan ushbu kema kapitani ham aysbergni suratga olgan va atrofda «Titanik»dan qolgan juda ko‘p bo‘laklar bo‘lganini yozib qoldirgan.

Kichik Jon Snou olgan surat uning oilasi tomonidan 1990-yillarga qadar saqlanib keldi. Endi auksionga qo‘yilmoqda (27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi), boshlang‘ich bahosi — 4976 dollar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga