Tolibonlar tomonidan tuzilgan Afg’oniston hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi Birlashgan Arab Amirliklari olimlari delegatsiyasi bilan uchrashuvda Islom ayollarning ta’lim olishini taqiqlamasligini aytdi va yaqin orada qizlar uchun maktablar qayta ochilishiga vaʼda berdi.
Shuningdek, vazir qizlar maktablarining yopilishi diniy emas, milliy masala ekanini tushuntirib, bu chora vaqtinchalik ekanini qo’shimcha qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, hukumatga bu boradagi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun biroz vaqt kerak, shundan so’ng o’rta maktablar qizlar uchun qayta ochiladi.
Avvalroq Tolibon erkaklarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqlaganini ma'lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51212 | Инструменты