“Tolibon” erkaklarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqladi
"Tolibon" harakati Afg‘onistonda erkak tikuvchilarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqladi.
Ma’lum qilinishicha, bu jabrlangan tikuvchilarning keng noroziligiga sabab bo‘lgan. Mahalliy manbalar faqat ayollarga xizmat ko‘rsatadigan tikuvchilarning aksariyati ushbu taqiq tufayli o‘z do‘konlarini yopishganini xabar qildi. Tikuvchilar uyushmasi vakillari cheklovlar tufayli ish o‘rinlari qisqarishi va ayrim tikuvchilar hatto mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganini aytdi. Bunda Parvon viloyati ko‘proq zarar ko‘rdi, tikuvchilar cheklovlarga qarshi chiqdi.
“‘Tolibon’ ayollar kiyimlarini hali ham tikish mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, ayollarning o‘lchamini olish taqiqlangan”, — deydi “Tolibon” rasmiysi Hikmatulla Shamima.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Afg’onistonda ayollarning o’qish va ishlash imkoniyatlari qayta tiklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72608 | Инструменты