Huawei 1
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Mask agar Demokratik partiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaror qilsa, «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qildi.

Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi va yaqinda yuz bergan ommaviy mojarodan keyin SpaceX va Tesla rahbari bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida emasligini ta’kidladi.

Tramp qanday choralar ko‘rishga tayyorligini aniqlashtirmadi, biroq, avvalroq Mask kompaniyalari uchun milliard dollarlik davlat shartnomalarini bekor etish imkoniyatiga shama qilgan edi. Bundan tashqari, uning ittifoqchisi Stiv Bennon tadbirkorni immigratsiya tergoviga tortishga chaqirdi va hatto uning biznesini nazorat etish uchun «Mudofaa maqsadida ishlab chiqarish» qonunidan foydalanishni taklif qildi.

Avvalroq, Mask Trampni moliyachi Jyeffri Epshteyn bilan munosabatlarini yashirishda aybladi, prezidentga impichment qo‘llashni yoqlab chiqdi, ammo keyinchalik bu postlarini o‘chirib tashladi. Epshteyn voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan va qamoqda sirli ravishda vafot etgan edi.

Tramp bu ayblovga vazminlik bilan javob berdi va «eski yangilik» deb atadi. Shuningdek, bunga «hech qanday aloqasi yo‘qligini» aytdi.

Keyinchalik Mask yangi «Amerika partiyasi»ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.

Ayni paytda har ikki tomon ham yarashish istagini ko‘rsatmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты