AQSH prezidenti Donald Tramp fikricha, Vashingtonning Erondagi harbiy operatsiyasi, ehtimol, kelasi to‘rt hafta davomida davom etadi. Oq uy rahbari Daily Mail‘ga intervyu bergan, gazeta uni yakshanba kuni, 1 martda eʼlon qildi.
Uning versiyasiga ko‘ra, barchasi reja bo‘yicha ketmoqda. AQSH “Eron rahbariyatining hammasini yo‘q qildi”, deb daʼvo qildi davlat rahbari va, ehtimol, gap 48 nafar shaxs haqida ketayotganini qo‘shimcha qildi.
Amerika yetakchisi Eron bilan keyingi muzokaralar uchun ochiq ekanini aytdi, ammo ular “yaqin vaqt ichida” bo‘ladimi — bilmasligini bildirdi.
“Men bilmayman. Ular muzokara istayapti, lekin men shunday dedim: ‘Sizlar bu hafta emas, o‘tgan hafta gaplashishingiz kerak edi‘”, — deya taʼkidladi Tramp.
Oq uy rahbari 1 mart kuni kunduzi Amerika xalqiga murojaat qildi. Donald Tramp halok bo‘lgan uch nafar amerikalik askar uchun “qasos olish” haqida gapirdi, Tehronga nisbatan yangi ultimatum qo‘ydi va AQSHni uning “erkinlik” uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Daily Mail eslatishicha, bu — oxirgi 48 soat ichida millatga qilingan ikkinchi murojaat.
Bundan oldin, 1 martda, Oq uy rahbari The Atlantic nashriga bergan intervyusida Eron hukumatini “ular haddan tashqari uzoq kutdi”, deb aybladi. U so‘nggi haftalarda Vashington aloqada bo‘lgan ayrim eronlik muzokarachilar zarbalar natijasida halok bo‘lganini aniqlashtirdi. “Ular kelishuv tuzishi mumkin edi. Ular buni ertaroq qilishi kerak edi. Ular haddan tashqari hiyla ishlatdi”, — dedi Tramp.
Isroil va Qo‘shma Shtatlar 28 fevral tongida Tehron va Eron hududidagi boshqa joylarga zarbalar berdi. Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yo‘q qilish niyatida ekanini bildirdi. U Eron armiyasini qurolni tashlashga, mamlakat aholisini esa “taqdirini o‘z qo‘liga olish”ga chaqirdi.
Eron javoban Isroil hududiga va Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga zarbalar berdi. AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi 28 fevral kuni Eron zarbalari natijasida Yaqin Sharqdagi Amerika obyektlariga yetkazilgan zarar “minimal” ekani va “operatsiyalarga taʼsir qilmagani”ni bildirgan edi. Biroq 1 mart kuni u mazkur zarbalar oqibatida AQSHning uch nafar harbiysi halok bo‘lgani, besh nafar harbiy esa og‘ir yaralangani haqida xabar qildi.
Isroil-AQSH harbiy operatsiyasining ikkinchi kunida Eron tomoni zarbalar natijasida mamlakatning oliy rahbari — Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli kuch tuzilmalari vakillari, jumladan mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda va Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Muhammad Pakpur halok bo‘lganini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30212 | Инструменты