Huawei 1
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada AQShning kelajakdagi «Oltin gumbaz» havo mudofaa tizimiga qo‘shilishni istasa, to‘lashi kerak bo‘lgan narxni aytdi: 61 milliard dollar. Shu bilan birga, Kanada AQShga 51-shtat sifatida qo‘shilishni istasa, xuddi shu xizmat «nol dollar»ga tushadi, deb yozdi Tramp 27 may, seshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«Men bizning ajoyib «Oltin gumbaz» tizimimizning bir qismi bo‘lishni xohlayotgan Kanadaga, agar ular alohida, ammo teng bo‘lmagan davlat bo‘lib qolsa, bu 61 milliard dollarga tushishini, ammo bizning 51-shtatimiz bo‘lsa, nol dollarga tushishini aytdim. Ular buni ko‘rib chiqmoqdalar!» — deyiladi uning postida.

Kanadaning CBC media kompaniyasi xabar berishicha, Trampning bayonoti Kanadada rasmiy davlat rahbari bo‘lgan Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ushbu mamlakat parlamentida nutqi bilan chiqqan kunning o‘zidayoq e’lon qilingan. Unda u Kanada hukumati nomidan «kanadaliklar va ularning suveren huquqlarini himoya qilishga» va’da bergan.

Charlz III mamlakatga Kanada bosh vaziri Mark Karni taklifiga binoan kelgan. BBC media kompaniyasi eslatganidek, Britaniya monarxi Kanada parlamentida oxirgi marta 48 yil oldin nutq so‘zlagan: «Bu Charlzning onasi qirolicha Yelizaveta II edi».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53105 | Инструменты