Huawei 1
Tramp Karnini Kanadadagi saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Mark Karnini telefon orqali muloqotda mamlakatdagi navbatdan tashqari parlament saylovlarida Liberal partiyasining g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda 29 aprel, seshanba kuni Kanada bosh vaziri idorasi ma’lum qildi.

Xabarda ta’kidlanganidek, har ikki yetakchi AQSh va Kanada o‘rtasidagi hamkorlik «mustaqil, suveren davlatlar sifatida» juda muhim, degan fikrga kelgan. Shu bilan birga, Tramp va Amerikaning amaldagi prezidentining ashaddiy tanqidchisi Karni «yaqin kelajakda» shaxsiy uchrashuv o‘tkazish istagini bildirdi.

Kanadada 28 aprel kuni AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi, Vashingtonning Kanada eksportiga yuqori tariflar joriy etishi, Donald Trampning qo‘shni davlatni AQShning 51-shtatiga aylantirish tahdidi fonida muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mark Karni o‘z partiyasining saylovdagi g‘alabasi haqidagi nutqida Trampning agressiv siyosatiga qarshi qat’iy pozitsiyada turishga va’da berdi.

Ovozlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, Kanada Liberal partiyasi saylovda 169 o‘ringa ega bo‘ldi va shu tariqa deyarli mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi, buning uchun 172 o‘rin zarur edi. Ayni paytda, bu hisob-kitoblarga ko‘ra, Per Pualevr boshchiligida saylovlarda ishtirok etgan Kanadaning muxolif Konservativ partiyasi 144 ta parlament o‘rnini oladi.

30 aprel kuni ertalab Mark Karnini saylovdagi g‘alabasi bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ham tabrikladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60702 | Инструменты