Donald Tramp barcha shtatlarning hokimlariga hafta ohirigacha masjidlar va cherkovlarni qayta ochishni buyurdi. Agarda kimda-kim buyruqni bajarmasa, jazolanishi ta’kidlandi.
AQSH prezidenti Donald Tramp juma kuni barcha shtatlarning hokimlariga hafta ohirigacha masjidlar va cherkovlarni qayta ochishni buyurdi. Agarda kimda-kim buyruqni bajarmasa, jazolanishi ta’kidlandi.
Oq Uyda o’tkazilgan brifing doirasida Tramp masjidlar, cherkovlar va sinagogalar odamlar uchun eng muhim xizmatlarni ko’rsatishini aytib o’tdi. Shu sababli ham ularning iloji boricha tezroq ochilishi juda muhim.
Ibodat idoralari koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida yopilgan edi. Ohirgi kunlarda kasallanish holatlari soni nisbata kamaymoqda. Shu sababli ham ushbu idoralar faoliyatini qayta tiklashi mumkin.
Buyruqqa itoat etmagan hokimlarga nisbatan qanday choralar qo’llanilishi haqida ma’lumot berilmadi.
"Amerikada ibodatgo’y odamlarning sonini oshirish juda muhim”, - dedi Tramp.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40714 | Инструменты