Huawei 1
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp badavlat amerikaliklarga solinadigan soliq miqdorini oshirishni «o‘ta falokatli» deb atadi. Uning fikricha, bunday holatda boy odamlar mamlakatni tark eta boshlaydi.

«O‘ylashimcha, bu o‘ta falokatli bo‘lardi, millionerlar mamlakatni tark eta boshlaydi. Bu ishni qilgan boshqa davlatlar ko‘plab odamlarini yo‘qotgan. Ular boy fuqarolaridan ayrilgan. Bu yomon, chunki boy odamlar soliq to‘laydi», — deydi Tramp.

So‘nggi haftalarda Respublikachilar partiyasi vakillari eng boy qatlam uchun soliqlarni oshirish imkoniyatini faol muhokama qilmoqda. Gap yillik daromadi 1 million dollardan oshadiganlar uchun joriy 37 foizlik stavkani 40 foizgacha ko‘tarish haqida boryapti.

OAVga ko‘ra, odatda soliq oshirishga qarshi bo‘lgan respublikachilar uchun bunday taklif — noodatiy, budjetga qo‘shimcha daromad topish zarurati va partiyaning elektorat bazasi ishchi sinfga tomon siljiyotgani bilan izohlanmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, boylarga solinadigan soliqni 40 foizgacha oshirish yaqin o‘n yillikda davlat budjetiga qo‘shimcha 400 milliard dollar olib kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42519 | Инструменты