Huawei 1
Tramp Xitoydan keladigan tovarlarga 100% tariflar joriy etilishini eʼlon qildi

1-noyabrdan boshlab AQSh hukumati Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga mavjud bojlardan tashqari 100% bojlar joriy qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning 10-oktabr, juma kuni Truth Social platformasida e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi. Bundan tashqari, barcha muhim dasturiy ta’minot eksportiga cheklovlar qo‘yiladi, deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Sababi Xitoyning "o'ta agressiv" pozitsiyasi

Oq uy rahbari qo‘shimcha bojlar joriy etish sababi sifatida Xitoyning “o‘ta agressiv savdo pozitsiyasini egallagani”ni keltirdi. Donald Trampning soʻzlariga koʻra, Xitoy hukumati boshqa mamlakatlarni Xitoyda ishlab chiqarilgan deyarli barcha mahsulotlarga eksport cheklovlari joriy etishi haqida ogohlantirgan, 1-noyabrdan boshlab “Bu har bir davlatga istisnosiz taʼsir qiladi... Bu xalqaro savdoda umuman uchramagan holat”, — deb yozgan AQSh prezidenti.

Xitoy hali Trampning bayonotiga izoh bermadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101112 | Инструменты