Qirg‘izistonda yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Turkiyaning Bursa shahrida Turk tili kunining 90-yilligiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga yagona alifbo yaratish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi qaror taqdim etildi.
Seminarda olimlar o‘z mamlakatlaridagi alifbo va tarixiy til jarayonlari haqida ma’lumot berib, yagona alifboga o‘tish ishlarini jadallashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Qayd etilishicha, tuzilgan komissiya tarkibiga turkiy davlatlarda til siyosati bilan shug‘ullanuvchi har bir rasmiy tuzilmadan ikki nafar a’zo kiradi.
So'ng, ular Turkiy davlatlar tashkilotiga yagona alifbo bo'yicha hisobot taqdim etishi kerak. Yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiyaning birinchi yig‘ilishi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11902 | Инструменты