Huawei 1
Turkiyada 5 ming yil avval yopilgan non sotilmoqda

Turkiyaning Seyitgazi tumanidagi qazishma ishlari davomida taxminan 5 ming yillik non topildi. Ushbu non xamirturush va boshqa moddalar bilan birga qayta tiklanib, sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Turkiye Gazetesi” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1996 yilda boshlangan qazish ishlarida ilk bronza davriga oid ko‘plab madaniy yodgorliklar, hayvon suyaklari, miloddan avvalgi 3 ming yillikka oid tosh sanduka va qo‘mloq qabr topilgan. Bu yerda “Anadolu” hududidagi ilk shaharsozlik izlari ham aniqlangan.

Shuningdek, ushbu qazishmalarda pishirilgan non topilgan. Tahlillar ushbu nonning miloddan avvalgi 5 ming yilga taalluqli ekanini tasdiqlagan.

“Bu topilgan non – ilk mayalanib pishirilgan to‘liq shakldagi non namunasidir. U 2,5 santimetr qalinlikda, 12 santimetr kenglikda, butun holda topilgan. Bu juda noyob topilma. Ilgari miloddan avvalgi 6 ming 500 yillikka oid pishirilmagan non namunasi topilgan edi, ammo bu pishirilgan birinchi misol hisoblanadi. Non maxsus joyga qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu non va boshqa non tematik yodgorliklar, xalqaro muzeylar haftaligida namoyish etilgan.

Bildirilishicha, hozirda 5 ta arxeologik qazish ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52400 | Инструменты