Huawei 1
Turkiyadagi zilzila sababli Italyada sunami xavfi e'lon qilindi

Bugun, 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo’lgan dahshatli zilzila tufayli Italiyaning bir qator qirg’oqbo’yi mintaqalarida sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Italiya fuqarolik mudofaasi xizmati xabar bermoqda.

Gap mamlakatning janubiy qismi haqida bormoqda – xususan, Sitsiliya, Kalabriya va Pugliyadagi temir yo’llarda harakat vaqtincha to’xtatilgan va boshqa bir qator ehtiyot choralari ko’rilgan.

Shu bilan birga, Italiya qirg’oqlari aholisidan mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6:30 dan boshlab signal tugashi e’lon qilingunga qadar qirg’oq va uning yaqinida bo’lmasliklari so’ralgan.

"Sohilbo’yi hududlardan uzoqlashish, yuqoriroq zonaga chiqish va mahalliy hokimiyat ko’rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi", deyiladi ogohlantirishda.

Aytib o'tish lozimki, hozirda dunyoning ko'plab davlatlari Turkiyadagi vayronkor zilzila oqibatlari sababli mamlakatga hamdardlik bildirmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyaning o'nta viloyatida 284 nafar kishi halok bo'lgan, jarohatlanganlar soni esa 2323 nafarga yetgan.

Avvalroq, Turkiya janubidagi Gaziantep qal’asi va Suriyadagi Aleppo qal'asi zilzila oqibatida shikastlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga