Twitter Trampning akkauntini tag-tugi bilan o’chirib tashladi
Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmog'i AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntini tag-tugi bilan o’chirib tashlashga qaror qildi.
Kompaniya xabariga ko'ra, u prezidentning so'nggi izohlarini diqqat bilan kuzatib borgan va uni yanada zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik uchun, akkauntga doimiy ta’qiq qo’yish bo’yicha qaror qabul qilgan.
Shu tariqa Tramp 88 million kuzatuvchilarini yo’qotdi.
Ijtimoiy tarmoq qaroridan xabar topgan AQSh prezidenti o'z platformasini yaratish niyatida ekanini ma'lum qildi.
Tramp o’zining Twitterdagi so'nggi izohida: Biz jim turmaymiz! Twitter so'z erkinligi emas! – deb yozgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72402 | Инструменты