Huawei 1
Uch baravar tez yurish imkonini beradigan robot-poyabzal ishlab chiqildi

Shift Robotics muhandislari o'zlarining asosiy ishlanmalarining takomillashtirilgan versiyasi – Moonwalkers X'ni taqdim etishdi, deb xabar beradi techcult.ru.

Bu odam harakati tezligini uch barobar oshirishi mumkin bo'lgan robot poyabzaldir. U logistika va tarqatish sohasida foydali bo'lishi mumkin. Uni ishchilar ish smenasida 30 000 qadamdan ortiq masofani bosib o'tadigan omborlarda qo'llash maqbuldir.

Yangi mahsulot dizayni rolikli konkilarga o'xshab ketadi. Oyoq kiyimining har bir poyi 6 ta g'ildirak bilan jihozlangan va ularning og'irligi atigi 450 grammni tashkil qiladi.

Moonwalkers X CES 2024 ko'rgazmasida Shift kompaniyasi stendida namoyish etiladi, u yerda texnik tafsilotlar va narxlar ham mavjud bo'ladi. Mazkur robot-poyabzal 2024-yilning iyul oyida cheklangan miqdorda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60605 | Инструменты