Nashrning manbalarga tayanib bergan xabariga ko‘ra, 17 fevral kuni Jenevada Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasida o‘tgan navbatdagi muzokaralarda ishchi guruh siyosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Shu bilan birga, harbiy masalalar bo‘yicha muzokaralar davom etgan va maʼlum natijalarga erishilgan.
Manbalarning aytishicha, siyosiy muzokaralarning to‘xtab qolishiga Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinsky bildirgan pozitsiya sabab bo‘lgan.
Shuningdek, manbalardan biri Rossiya vakillari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘nggi kunlardagi ommaviy bayonotlaridan norozi ekanini aytganini maʼlum qilgan.
Rossiya tomonining fikricha, Zelenskiy jiddiy muzokara olib bormayapti, balki ehtimoliy saylovlar arafasida mamlakat ichida o‘z obro‘sini oshirishga urinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21812 | Инструменты