Huawei 1
Ukraina Ikkinchi jahon urushidan beri AQShdan eng ko‘p yordam olgan davlatga aylandi

Ukraina mojaro boshlanganidan beri AQShdan 66,2 milliard dollar yordam olgan. Bu bilan mamlakat Ikkinchi jahon urushidan beri Vashingtondan eng ko’p yordam olgan davlatga aylandi, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri rasmiy ma’lumotlarga tayanib.

Vashingtonning Kiyevni qo’llab-quvvatlashi uchun ketkizgan umumiy xarajatlarning 43,1 milliard dollari harbiy yordamga sarflangan, shundan 23,5 milliard dollar mablag' AQSh Mudofaa vazirligi omborlaridagi qurol-yarog’ va jihozlarga to’g’ri keladi.

Yana 18 milliard dollar Ukraina xavfsizligiga ko’maklashish tashabbusi doirasida qo’shimcha qurol-yarog’, trening, konsalting, logistika va jihozlarga sarmoya kiritish va’da qilingan mablag’ga yo’naltirilgan.

Shuningdek, Amerika Qo’shma Shtatlari Ukrainaga 20,5 milliard dollarga yaqin budjet yordami va 2,6 milliard dollardan ortiq gumanitar yordam ko’rsatgan.

AQShning boshqa davlatlar bilan solishtirganda Ukrainaga ko’rsatgan yordami beqiyosdir.

Bu Amerikaning boshqa ittifoqchilari, jumladan Isroil (8,6 milliard dollar), Misr (3,3 milliard dollar) va Iordaniya (2,6 milliard dollar) kabi mamlakatlarning ikki tomonlama yordamidan ancha yuqori ko’rsatkichni qayd etadi.

Avvalroq AQSh Ukrainaga qo’shimcha 400 million dollarlik harbiy yordam yuborishi haqida ma’lum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60909 | Инструменты