Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni uch oyga — 2025 yil 6 avgustga qadar uzaytirdi. Bu haqda deputat Yaroslav Jyeleznyak xabar berdi.
Harbiy holatni uzaytirishni yoqlab 357 nafar deputat ovoz bergan bo‘lsa, safarbarlikni uzaytirishni 346 deputat qo‘llab-quvvatlagan.
«RBK-Ukraina»ga ko‘ra, faqat bir deputat — «Yevropa birdamligi»dan Aleksey Goncharenko qarshi ovoz bergan.
Safarbarlik va harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 aprel kuni Oliy Radaga kiritgan edi. Bu mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlikning 15 marta uzaytirilishi hisoblanadi.
Bundan oldin Oliy Rada yanvar oyida harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini 2025 yil 9 mayga qadar uzaytirishga ozov bergandi.
Ukrainada harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazish mumkin emas. RF hukumati bir necha Ukraina prezidentining legitimligini shubha ostiga olib, Zelenskiyning vakolatlari muddati tugaganini ta’kidlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41905 | Инструменты