Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang o'z lavozimidan chetlatildi. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Uning o'rniga Xitoy Xalq Kommunist partiyasi Markaziy qo’mitasining tashqi ishlar komissiyasi departamenti rahbari Van Yi mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.
Eslatib o’tamiz, Sin Gang Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga o’tgan yilning 30-dekabrida tayinlangan edi. Bungacha u XXRning AQShdagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Van Yi bundan oldin ham jumladan, 2013-2022-yillarda Xitoy tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan.
Avvalgi rahbar Sin Gang oxirgi marta 25-iyun kuni Pekinda Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Andrey Rudenko bilan uchrashganida omma oldiga chiqqan edi. Shundan so'ng, Xitoy diplomatik departamentining rasmiy vakillari uning yo’qligi sabablari haqidagi savollarga javob berishdan qochishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12206 | Инструменты