Huawei 1
WSJ: Apple begonalarga boshqa birovning iPhone'ga to'liq kirishiga ruxsat bermaydi

“Apple” iPhone’ga yangi xavfsizlik funksiyasini qo‘shdi. Bunda qurilma o‘g‘irlansa, o‘g‘rilar telefon egasining shaxsiy ma’lumotlariga, jumladan, uning to‘lov ma’lumotlariga hamda iCloud’da saqlangan surat va videolarga kira olmaydi, deb yozadi “The Wall Street Journal”.

“Apple” IOS 17.3 beta’da “o‘g‘irlangan qurilmani himoya qilish” (Stolen Device Protection) yangi xususiyatini fevral oyida “WSJ” materialidan keyin ishlab chiqilgan” , deb yozadi nashr.

Shuningdek, “Safari"da saqlangan to‘lov ma’lumotlaridan foydalanish, “Apple” kartasini so‘rash, telefonni zavod sozlamalariga qaytarish yoki uni o‘chirish kabi muayyan amallarni bajarishdan oldin “o‘g‘irlangan qurilmani himoya qilish” yoqilgan bo‘lsa, “Face ID” yoki “Touch ID” orqali tekshirish talab qilinadi.

Eslatib o'tamiz avvalroq “Apple” Touch ID sensorini iPhone’ga qaytarish rejalaridan voz kechgandi. Kompaniya Touch ID sensorlarini ishlab chiqarish uchun zarur blgan hamkor zavodlarda jihozlarni o‘chirib qo‘ygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71005 | Инструменты