Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi  2026-yilda transgender sportchilarning ayollar musobaqalarida qatnashishini taqiqlashi mumkin

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2026-yil boshida transgender sportchilar va jinsiy rivojlanishida buzilish bo‘lgan sportchilarning ayollar musobaqalarida qatnashishini taqiqlovchi qarorni e’lon qilishi mumkin.

Manbaning yozishicha, o‘tgan hafta Lozannada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jeyn Tornton olib borgan tadqiqot natijalari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tug‘ma erkaklarda testosteron darajasini pasaytiruvchi dori vositalaridan foydalanilgan taqdirda ham jismoniy ustunlik saqlanib qoladi.

Endilikda qo‘mita yangi qoidalarni huquqiy jihatdan to‘liq shakllantirishi kerak bo‘ladi. 2021-yilda qo‘mita transgender sportchilarning musobaqalarda ishtirokiga ruxsat berish yoki bermaslik huquqini xalqaro federatsiyalarga topshirgan edi.

Shundan so‘ng ayrim federatsiyalar, jumladan World Athletics va World Aquatics, bunday sportchilarning ayollar musobaqalarida qatnashishini deyarli to‘liq taqiqlagan. World Boxing esa Parijdagi o‘yinlarda yuzaga kelgan jinsiy bahs ortidan sportchilardan jinsini genetik test orqali tasdiqlashni talab qila boshlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111119 | Инструменты