Xavyer Miley Argentina prezidenti etib saylandi

Argentinada o‘ng qanot “Ozodlik kelyapti” alyansi bir qismi bo‘lgan Libertarlar partiyasiga rahbarlik qiluvchi Xavyer Miley prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda La Nacion xabar beradi.

Byulletenlarning 98,01 foizi hisob-kitobiga ko‘ra, Miley 55,75 foizga yaqin ovoz to‘plagan. Mileyning saylovlardagi g‘alabasi bilan uning raqibi - “Vatan uchun ittifoq” hukmron koalitsiyasidan nomzod bo‘lgan Argentina iqtisodiyot vaziri Serxio Massa hamda bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari tabrikladi. Ma'lum qiliinishicha, Massa saylov davomida 44,24 foiz ovoz to‘plagan.

“Bu argentinaliklar tanlagan prezident”, — deydi u. 

Shuningdek, amaldagi davlat rahbari Alberto Fernandes ham muxolif siyosatchini g‘alaba bilan tabriklab, tez orada hokimiyatni topshirish jarayonlarini tashkillashtirishga umid bildirdi.

Aytib o'tish lozimki, Xavyer Miley mamlakatning BRICS guruhiga a’zoligini qo‘llab-quvvatlamaydi, davlatning fuqarolar hayotiga minimal aralashuvini yoqlaydi, Markaziy bank tizimini tugatish niyatida va milliy valutani dollarga almashtirishni taklif qilmoqda. Saylovoldi kampaniyasi davomida u Rossiya, Xitoy va Braziliyaning “kommunistik” hukumatlari bilan aloqalarni uzish rejasini ham e’lon qilgan.

Iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun “benzoarra” o‘ziga timsol sifatida tanlagan nomzod budjet xarajatlarini jiddiy qisqartirishni rejalashtirgan.

Oktyabr oxirlarida Argentinada prezidentlik saylovlaridan keyin sanab chiqilgan byulletenlarning 76 foizi natijalariga ko‘ra, hukmron Argentina koalitsiyasidan nomzod, iqtisodiyot vaziri Serxio Massa 35,8 foiz ovoz olgan, unga eng yaqin raqib, deputat Xavyer Miley esa 30,5 foizga ega bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73108 | Инструменты