Xitoy bola tarbiyalashda eng qimmat davlatlardan biri deb topildi

Xitoy bolalarni tarbiyalash xarajatlari bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakatlardan biri deb topildi: 18 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish xarajatlari mamlakat jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotdan 6,3 barobar oshdi. Ushbu statistik maʼlumotlar Pekinda joylashgan Janubi-Sharqiy Osiyo aholishunoslik tadqiqot instituti tomonidan eʼlon qilindi.

Tadqiqotga ko‘ra, Avstraliyada xarajat aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotdan atigi 2,08 baravar, Fransiyada 2,24 baravar, AQSHda 4,11 baravar va Yaponiyada 4,26 baravar ko‘p.

“Xitoydagi hozirgi ijtimoiy muhit ayollarning tug‘ilishi uchun qulay emas. Ayollarning farzandli bo‘lganida ko‘taradigan xarajatlari juda yuqori ... Farzand ko‘rishning yuqori xarajati, shuningdek, oilaviy hayotni ish bilan birlashtirishdagi qiyinchiliklar kabi omillar tufayli Xitoyda tug‘ilish darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda. ", deyiladi xabarda.

2023 yilda Xitoy iqtisodiyoti 5,2 foizga o‘sdi. Ammo mamlakat ko‘chmas mulk bozoridagi rekord darajadagi pasayish, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikning o‘sishi kabi muammolarga duch kelmoqda.

Farzand ko‘rish xarajatining yuqoriligi, ayollarning oila va ishda muvozanat saqlashdagi qiyinchiliklar sababli xitoyliklarning farzand ko‘rish istagi dunyoda eng past o‘rinlarda. Hisobotda tug‘ilishning pasayishi iqtisodiy o‘sishga, odamlarning umumiy farovonligiga taʼsir qilishi haqida ogohlantirilgan.

Tadqiqot mualliflari bolalarni tarbiyalash xarajatlarini kamaytirish uchun davlat darajasida siyosat olib borishga chaqirmoqda.
Hisobotda mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar qatorida onalarga pul va soliq subsidiyalari, bola parvarishi sohasini rivojlantirish, teng huquqli ota-ona taʼtillarini joriy etish, shuningdek, yolg‘iz ayollarga turmush qurgan ayollar bilan bir xil reproduktiv huquqlar berish kabilar qayd etilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты