Huawei 1
Xitoy koronavirus epidemiyasi paydo bo'lganidan beri ilk bor Gonkong bilan aloqani normallashtirdi

Xitoyning Shenchjen shahri va maxsus ma’muriy hudud maqomiga ega Gonkong o‘rtasidagi chegarada nazorat-o‘tkazish punktlari 8-yanvardan odatdagidek ish boshladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Nazorat punktlarining ochilishi 2020-yilda COVID-19 avj olgandan so‘ng Gonkong va Xitoy materigi o‘rtasida joriy etilgan harakatlanish cheklovlarini olib tashlash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi.

Xabarda ta'kidlanishicha, birinchi bosqichda kuniga 60 ming Gonkong aholisi Xitoyga kirishi mumkin bo‘ladi. Ulardan 50 ming nafari Shenchjen bilan chegarada quruqlikdagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan foydalana oladi, qolganlari esa parom, samolyotlar yoki Gonkong—Chjuxay—Makao ko‘prigi orqali “materik”ka o‘tadi.

O‘tkazish punktining ochilishida ishtirok etgan Gonkong ma’muriyati rahbari hammasi yaxshi o‘tganini aytib, rasmiylar Gonkong va “materik” o‘rtasidagi normal qatnovni to‘liq tiklash uchun umumiy reja ishlab chiqish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80220 | Инструменты