Huawei 1
Xitoyda bir kunda 37 million aholi COVID-19 bilan kasallandi - Bloomberg

Dekabr oyining dastlabki 20 kunida qat'iy karantin choralari bekor qilinganidan so'ng, 248 million xitoylik yoki mamlakat aholisining 18 foizi koronavirus bilan kasallangan. 20-dekabr kuni esa bir kunda 37 million kishi kasallangan. Bu haqda Bloomberg nashri Xitoy sog’liqni saqlash kommisiyasining yopiq ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu Xitoyda pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 infeksiyasining eng tez tarqalishi bo’ldi.

Ma’lumot berilishicha, eng ko’p kassallik yuqtirganlar janubiy Sichuan provinsiyasi va poytaxt hududida aniqlangan: u yerda har ikkinchi fuqaro COVID-19 bilan kasallangan.

Bloomberg nashri xabariga ko’ra, kasallikning keskin o’sishi Pekinning COVID-19 ga qarshi qat’iy siyosatining bekor qilinishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, dekabr boshida Xitoyda aholi doimiy karantin qoidalaridan charchaganligi sababli eng yirik norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi: dastlab ularning ishtirokchilari COVIDga qarshi cheklovlarni to’xtatishni so’rashgan, ammo keyinchalik ular siyosiy talablarni ilgari sura boshlashgan.

Rasmiylarga ko’ra, Xitoyda aholining 90%dan ortig’i to’liq emlangan, ammo, asosiy xavf guruhi bo’lgan qariyalar orasida yarimidan ko’pi hali emlanmagan. Shu bilan birga, mustaqil ekspertlar hozirda mamalkatda qo’llanilayotgan vaksinalarning samaradorligiga shubha bilan qarashmoqda.

Avvalroq, Xitoyning Shinjon hududida aholi tomonidan norozilik namoyishlari bo’lib o’tganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80307 | Инструменты