Huawei 1
Xitoyda dunyoda yagona bo'lgan "havoda" harakatlanuvchi poyezd ishga tushirildi

Xitoy dunyoda birinchi marta relslarga tegmay harakatlanuvchi, magnit podveskali poyezdni ishga tushirdi. 

U hozirda dunyodagi yagona magnitga osilgan poyezd hisoblanadi. Magnit suspenziyali ommaviy tranzit tizimlarining afzalliklari aniq: ular boshqa poyezdlar kabi baland tovush chiqarmaydi hamda kamroq energiya sarflaydi.

Qayd etilishicha, poyezd yerdan 10 metr balandlikda 80 km/soat tezlikda harakatlanadi va 88 yo‘lovchini tashishga qodir. Eksperimental trassaning uzunligi 800 metrni tashkil qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, poyezd harakatlanishi uchun oz miqdorda elektr energiyasi talab qilinadi va poyezdni harakatga keltiradigan magnitning yaroqlilik muddati asrlarni tashkil qiladi. Bunday yo‘lni qurish narxi yer osti metrosini qurish narxidan o'n baravar arzon.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga