Huawei 1
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochiladi

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik — Huajiang Kanyon ko‘prigi — iyun oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Inshoot Golden Gate va Sidney ko‘prigidan ham balandroq bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ko‘prik Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Guizhou provinsiyasida qurilmoqda. U dengiz sathidan 625 metr balandlikda bo‘ladi. Hozirda dunyoda balandligi bo‘yicha rekord (289 metr) o‘rnatgan ko‘prik Fransiyadagi Millau Viaduki hisoblanandi.

Guizhou — tog‘li, murakkab relyefga ega hudud. Ko‘prik Huajiang darasidan (mahalliylar uni “Yer yorig‘i” deb atashadi) o‘tadi. Xitoy hukumati tog‘li va kam rivojlangan hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda.

Bu ko‘prik faqatgina rekord o‘rnatish uchun emas — balki avtomobillar va yuk mashinalar harakatlanishini osonlashtirish uchun qurilmoqda. Ko‘prik ochilgach, kanyon orqali o‘tish vaqti 2 soatdan atigi 1 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.

Inshoot po‘latdan qurilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 2,89 kilometrni tashkil etadi. Qurilish 2022-yil 18-yanvarda boshlangan va 2025-yil 30-iyunda tugatilishi rejalashtirilgan. Qurilishda ishlatilgan po‘lat tuzilmalar umumiy 22 000 tonnadan iborat. Bu taxminan uchta Eyfel minorasiga teng og‘irlikdir.

“Ko‘prik qurilishining 95 foizi yakunlangan, ochilishi esa 2025-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan”, dedi Guizhou Avtomobil yo‘llari guruhi bosh muhandisi Zhang Shenglin.

Bugungi kunda dunyodagi eng baland 100 ta ko‘prikning deyarli yarmi aynan Guizhou provinsiyasida joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60104 | Инструменты