Xorijda tahsil olish bo‘yicha O'zbekiston Turkmanistondan keyingi o'rinda: qozog‘istonliklar esa yetakchilik qilmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikamizda jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardar 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Xo'sh, bu raqamlarning qanchasi xorijiy oliy ta'lim muassasalari hisobiga to'g'ri keladi? 2020 yilning 1 yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga chegaradosh va ayrim MDH mamlakatlari bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni ma'lum qilindi. Bu ro'yxatda Qozog'iston peshqadamlikni, O'zbekiston esa Turkmanistondan keyin to'rtinchi pog'onani egallamoqda.
— Qozog‘iston – 89,3 ming nafar
— Ukraina – 77,6 ming nafar
— Turkmaniston – 63,6 ming nafar
— O‘zbekiston – 53 ming nafar
— Rossiya – 48,2 ming nafar
— Afg‘oniston – 31,5 ming nafar
— Tojikiston – 27,6 ming nafar
— Belarus R. – 23 ming nafar
— Qirg‘iz R. – 13 ming nafar
Alpha version: 0.9.1.19 build 52609 | Инструменты