Huawei 1
Xorijiy talabalarga AQSHda qolishga ruxsat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati o’tgan xaftada e’lon qilingan qarorni bekor qildi.  Qarorga ko'ra mamlakat hududidagi xorijiy talabalar kuzdagi o’quv darslari onlayn tarzda bo’lsa mamlakatni tark etishlari kerak  edi.

Massachusets shtati sudyasi, AQSh hukumati, Garvard va Massachusets texnologiya instituti ushbu chorani ko'rib chiqib, yangi qoidalarni bekor qilish va oldingi tizimni qayta tiklash uchun kelishuvga erishganini aytdi.

Universitetlar qarorning noqonuniy ekanligini va ularning ilmiy institutlariga salbiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidladilar.

Seshanba kuni e’lon qilingan  yangilik AQSh kollejlari va universitetlaridagi bir milliondan ortiq xorijiy talabalarga yengillik yaratdi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga