Huawei 2
Xorijiy talabalar AQSHni tark etishi lozim bo’ladi

AQSH hududida ta’lim oluvchi xorijiy talabalar yaqin kunlarda mamlakat hududini tark etishlari lozim bo’ladi.

Mamlakat hududidagi ko’plab ta’lim muassasalari pandemiya sharoitida darslarni onlayn olib borishni rejalashtirmoqda.

Garvard universiteti dushanba kuni 2020-2021 o’quv yilidagi darslar butunlay onlayn rejimida o’tishini ma’lum qildi.

AQSH Immigratsiya agentligi esa onlayn rejimda ta’lim olishi ko’zda tutilgan barcha talabalar mamlakat hududini tark etishi lozimligini xabar qildi. Bunday sharoitda mamlakatda qolishning yagona yo’li, o’qishni onlayn ta’lim ko’zda tutilmagan ta’lim muassasasiga o’zgartirishdir.

Agarda talabalar ushbu shartlarni bajarishdan bosh tortsalar, ular deportatsiya qilinishi mumkin.

Aytish lozimki aynan xorijiy talabalar AQSH ta’lim muassasalarining asosiy daromadini ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga