Yamanda boshidagi shoxga o‘xshash o‘simtalari tufayli “ikki shoxli” deb ham atalgan “dunyodagi eng keksa odam” Ali Anter vafot etdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ali peshonasidagi o‘simtalarni olib tashlash bo‘yicha o'tkazilgan operatsiyadan so‘ng uch kun o‘tib vafot etgan. Undagi o‘simtalarni arrali uskuna bilan kesib tashlamoqchi bo‘lishgan.
Mahalliy aholi undagi bu shox Ali Anter 100 yoshdan oshganidan keyin paydo bo‘lganini aytishmoqda. Ularning fikricha, noprofessional amputatsiya uning o‘limini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Rasmiy ravishda Ali Anterning yoshi tan olinmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u 140 yoshda bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra esa, hozir eng keksa erkak venetsuelalik Xuan Visente Peres hisoblanadi, u 113 yoshda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты