Qozog‘istonda yangi siyosiy partiya — "Respublika" partiyasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda partiya rahbari Aydarbek Xodjanazarov Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Rasmiy vakilimiz "Respublika" partiyasining Astanadagi aholiga xizmat ko‘rsatish markazlaridan birida ro‘yxatdan o‘tish hujjatlarini oldi. Endi biz mamlakatning yangi, rasman ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy kuchimiz", — deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Aydarbek Xodjanazarov.
Ma'lumot uchun, partiya hamraislari sifatida Sirimbek Tau, Ruslan Berdenov, Maksim Barishev, Dinara Shukijanova, Quanish Shonbay, Beybit Alibekov va Nurlan Qoyanbayev bor.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-yanvarda "Respublika" partiyasi jamoat birlashmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
"Ro‘yxatga olish siyosiy partiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi 2022 yil 3 dekabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyi, shuningdek, "Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunning 6-10-moddalarida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida amalga oshirildi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tekshirilib, ro‘yxatdan o‘tish talablariga javob beradi, deb topildi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan yettinchi siyosiy partiyadir:
1. "AMANAT" partiyasi;
2. "Aq Jol" Qozog‘iston Demokratik partiyasi;
3. "Qozog‘iston Xalq partiyasi";
4. "Ovul" Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi;
5. "Umummilliy sosial-demokratik partiya";
6. "Bayta" Qozog‘iston yashillar partiyasi;
7. "Respublika" partiyasi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51008 | Инструменты