Milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idan AQSH prezidenti Donald Tramp haqidagi obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi.
Avvalroq u voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotganlikda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda Tramp nomi tilga olingani haqida yozgan edi.
«Haqiqiy bomba vaqti keldi: Donald Tramp Epshteyn fayllarida bor. Bu ularning ommaga oshkor etilmagani asl sababi. Xayrli kun, Tramp!», deb yozgan edi tadbirkor 5 iyun kuni yozgan xabarida.
Hozir bu post o‘chirib tashlangan. Mask ushbu post nega o‘chirilganiga izoh bermadi.
Avvalroq, Mask respublikachilarning AQSH byudjeti taqchilligini oshiruvchi soliq imtiyozlari haqidagi «katta chiroyli qonun loyihasini» tanqid qildi. Shundan so‘ng, Donald Tramp bilan kelishmovchilik yuzaga keldi.
Mojaro vaqtida Mask prezidentning ismi Jeffri Epshteyn jinoyat ishi bilan bog‘liq hujjatlarda borligini aytib, Trampning obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘ldi. Tramp haqiqatan ham Epshteynni tanigan va uning ishi bilan bog‘liq hujjatlarda tilga olingan. Baʼzi hujjatlar maxfiyligicha qolmoqda.
Bunga javoban Tramp boshqa narsalar qatori Maskning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor etish bilan tahdid qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60802 | Инструменты