Huawei 1
Yaponiya kompaniyasi kosmosga lift minorasini qurish niyatida. Bu 100 mlrd dollarga tushadi

Mashhur Tokyo Skytree'ni qurgan Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi koinotga ko‘tarilish imkonini beruvchi lift minorasini qurish niyatida. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Kompaniya dastlabki loyihani 2012-yilda taqdim etgan. U 100 milliard dollarga baholangan. Arxitektorlar 2050-yilda kosmosga liftni joriy qilish mumkinligini taxmin qilishmoqda. 

O'tgan yillar davomida kompaniya mutaxassislari kosmik liftni yaratish rejalari ustida ishlashni davom ettirdilar. U elektromagnit qurilmalarda ishlashi kerak.

Yoji Ishikavaning so‘zlariga ko‘ra, olimlar tadqiqot olib borishmoqda va minora konsepsiyasini ishlab chiqishmoqda. Obayashi korporatsiyasi xodimlari ham hamkorlik aloqalarini o'rnatib, kelajakdagi loyihani ilgari surish ustida ishlamoqda.

Kompaniyaning fikricha, lift minorasi kosmik missiyalarni yanada qulayroq va samaraliroq qiladi. Xususan, lift yuklarni kosmosga yanada barqaror harakatlanish imkoniyatini taqdim etadi.

Hozirgi vaqtda loyihani amalga oshirishdagi asosiy qiyinchilik lift kabeli yoki trubkasi uchun material izlash edi. Ishikavaning so‘zlariga ko‘ra, olimlar mustahkam va uzun bo‘lgan mutlaqo yangi materialni ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi – kamida 22 ming mil.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты