Huawei 1
Yaponiya orollarida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyaning Bonin orollarida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda AQSH Geologiya xizmati (USGS).

Unda aytilishicha, zilzila 503,2 km chuqurlikda yuz bergan.

Yer silkinishlari Ogasavara orollarida sezilgan, biroq Tokioda ham kichik tebranishlar qayd etilgan.

O‘z navbatida, Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ham zilzila kuchini 6,5 ballga baholamoqda.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, sunami xavfi ham e’lon qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga