Yaponiyaning Thanko kompaniyasi USB orqali quvvatlanadigan va murakkab o‘rnatishni talab qilmaydigan ixcham konditsionerni taqdim etdi.
Tashqi tomondan, qurilma shishaga o‘xshaydi va uni istalgan joyga qo‘yish mumkin.
Qurilmaning ichida sovutgichli maxsus "kanistr" mavjud.
Faqat kartrijni muzlatgichga 20 daqiqaga qo‘yib olib, so‘ng konditsionerga joylash kifoya.
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zingizga yoki haroratni pasaytirish kerak bo‘lgan joyga yo‘naltirilishi mumkin.
Thankoning fikricha, konditsioner ichidagi sovutgich 6 soat davomida past haroratni saqlab turishi mumkin.
Konditsioner 3 ta quvvat rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, faqat kabel orqali quvvatlanadi (batareyasiz) va og‘irligi 2,5 kilogrammni tashkil qiladi. Ichkarida chang filtri o‘rnatilgan. Sotuv Yaponiyada 19-apreldan boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50304 | Инструменты