Yerga eng yaqin tranzit sayyora aniqlandi

NASAning Hubble kosmik teleskopi Yerga eng yaqin sayyorani o'rganib chiqdi va uning hajmini aniqladi. Kuzatishlar sayyora o'zining ota-yulduzi oldidan o'tganida amalga oshirildi.

LTT 1445Ac miniatyura sayyorasi TESS tranzit ekzosayyoralarni o'rganish sun'iy yo'ldoshi tomonidan kashf etilgan, biroq u sayyoraning xususiyatlarini aniqlay olmadi. Hubble teleskopi olimlarga sayyoraning diametri Yernikidan atigi 1,07 marta katta ekanligini aniqlashga yordam berdi. Bu Yerga o'xshash toshli dunyo bo'lib, taxminan bir xil tortishish kuchiga ega. Ammo, sayyora taxminan 260 daraja haroratda, shu bois unda hayot yo'q. Sayyora qizil mitti yulduzlarning uchlik tizimiga kiruvchi LTT 1445A yulduzi atrofida aylanadi. U Yerdan 22 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Shuningdek, avvalroq olimlar tomonidan kashf etilgan ikkita kattaroq sayyora ham LTT 1445A yulduzi atrofida aylanadi. 

Tranzit sayyoralar o'rganish uchun katta qiziqish uyg'otadi. Jumladan, ular o'z yulduzi oldidan o'tayotganda radiatsiya sayyoralarning atmosferasiga kirib boradi. Zamonaviy teleskoplar to‘lqin uzunliklarini tahlil qilish orqali elementlar tarkibi va kosmik jismlarning boshqa xossalarini aniqlashi mumkin, deb yozadi The Astronomical Journal. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40515 | Инструменты