Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV

Yevropa Ittifoqi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro sabab bozorda yuz berayotgan beqarorlik tufayli Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 60 dollardan 45 dollarga tushirish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Politico diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

«Yaqin Sharqdagi xalqaro vaziyat va beqarorlik tufayli narxlar chegarasini pasaytirish g‘oyasi, ehtimol, amalga oshirilmaydi. Shu hafta G7 yig‘ilishida barcha davlatlar hozircha qaror qabul qilmaslikni ma’qul ko‘rishga kelishib oldi», dedi ismi sir qolishni istagan diplomatlardan biri. 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen G7 sammitida Isroil Eronni o‘qqa tuta boshlaganidan so‘ng, neft narxining ko‘tarilishi tufayli mavjud narx chegarasi allaqachon o‘z vazifasini bajarayotganini aytdi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp xuddi shu sammitda Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar qo‘llashni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi va AQSh ishtirokisiz narx chegarasini pasaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62115 | Инструменты