Huawei 2
Yevropa Markaziy banki 11 yil ichida birinchi marta foiz stavkalarini oshirdi

Yevropa Markaziy banki (YMB) 11 yil ichida birinchi marta bazaviy foiz stavkasini 0,5% gacha oshirdi. Regulyator bu qarorni inflyatsiyani nazorat qilish istagi bilan izohladi.

Depozitlar bo'yicha stavka 0% gacha, marjinal kreditlar bo'yicha - 0,75% gacha ko'tarildi. YMB kelgusi yig'ilishlarda stavkalarni yanada oshirish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkinligini ta'kidladi.

Oxirgi marta YMB stavkalarni 2011-yilda, avval aprelda, keyin esa iyulda oshirgan edi. O’shanda ham bunday qaror inflatsiyaning tezlashishi fonida qabul qilingan edi.

Shu yil aprel oyida bo'lib o'tgan yig'ilishda bank stavkalari o'zgarishsiz qoldirilgan edi: bazaviy - 0%, depozitlar bo'yicha - minus 0,5%, marjinal kreditlar bo'yicha - 0,25%.

Iyul oyi boshida Eurostat o'tgan oyda yevrohududdagi 8,6% lik eng yuqori yillik inflatsiya haqida hisobot e'lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga