Donald Tramp dushanba kuni NBC News telekanaliga bergan qisqa intervyusida yana Yevropa yetakchilarini Grenlandiyani qo‘lga kiritishga qaratilgan urinishlariga qarshilik ko‘rsatayotgani uchun tanqid qildi.
Uning aytishicha, Grenlandiya Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizligini ta’minlash uchun zarur, Yevropa Ittifoqi yetakchilari esa Ukrainadagi urushga e’tibor qaratishi lozim.
"Yevropa Rossiyaning Ukraina bilan urushiga diqqat qaratishi kerak. Yevropa Grenlandiyaga emas, aynan shunga e’tibor qaratishi shart", — deya ta’kidladi prezident.
"AQSH Grenlandiyani egallash uchun kuch ishlatishi mumkinmi?", savolga Tramp "Izohsiz", deya javob berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12011 | Инструменты