Huawei 1
Yuguruvchini eng ko‘p jarohatlovchi poyabzal ma’lum bo‘ldi

Florida universiteti olimlari tagcharmi qalin krossovkalarni kiyib yugurganlar nisbatan ko‘proq jarohat olishlarini aniqlashdi.

Olti yildan ko‘proq davom etgan kuzatuvlarda mutaxassislar 700 dan ziyod yuguruvchini o‘rganib, ularning qanaqa oyoq kiyimini kiyishi, jarohatlanish holatlari, maxsus yugurish yo‘laklarida harakatlanishidagi jihatlarni tahlil qilishdi.

Natijalarga ko‘ra, uchi tomon kichrayib boruvchi qalin tagcharmli krossovkalar yugurishdagi tabiiylikni buzib, jarohat olish ehtimolini oshiradi. Va aksincha, tumshuq qismi keng, poshnasi uncha ko‘tarilmagan yengil poyabzaldan foydalanuvchi sportchilarda shikastlanish va jarohatlar nisbatan kam kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10110 | Инструменты