Huawei 1
Zelenskiy Guterrish bilan don shartnomasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Ukraina rahbari Rossiya ishtirokini to’xtatib qo’ygan g’alla bitimini saqlab qolish uchun “mas’uliyatli davlatlar” bilan ishlash zarurligini ta’kidladi.

“Qora dengiz don tashabbusi saqlanib qolishi kerak. Biz janob Guterrish bilan Qora dengizdagi marshrutlar bo’ylab oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligini qayta tiklash uchun mas’ul davlatlar bilan hamkorlik qilishga kelishib oldik”, deb yozdi Zelenskiy suhbatdan keyin o’zining Telegram sahifasida.

Eslatib o’tamiz, g’alla bo’yicha kelishuv Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT o’rtasida 2022-yilning yozida tuzilgan edi. Unda Ukraina g'allasini Qora dengiz orqali eksport qilish va Rossiya o’g’itlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdagi to’siqlarni bartaraf etish ko’zda tutilgan.

Bugun, 18-iyul kuni g’alla bo’yicha kelishuv Rossiya tomonidan bajarilmagan talablar tufayli yakunlandi. Vladimir Zelenskiy bitimni Rossiya Federatsiyasi ishtirokisiz amalga oshirishni davom ettirishni taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, iyun oyi boshida don bitimi ishtirokchilari shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni qayta boshlagan edi. Istanbuldagi muzokaralarda muvofiqlashtiruvchi markaz vakillari Qora dengiz orqali Ukraina donini eksport qilish uchun yangi kemalarga ruxsatnomalar berish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71010 | Инструменты