Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 30 kunga uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
“Agar to‘liq sulhga amal qilinsa, Ukraina uni 20 apreldan keyin ham uzaytirishni taklif qiladi”, deydi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, muddat yana uzaytirilsa, bu Rossiyaning haqiqiy niyatlarini ko‘rishga imkon beradi.
“30 soat e’tiborni jalb qilish uchun yetarli, ammo ishonchni mustahkamlash uchun kam. 30 kun esa tinchlik uchun bir imkoniyatdir”, degan Zelenskiy.
U, shuningdek, Ukraina Rossiya tomonining harakatlariga simmetrik javob berishga tayyorligini bildirdi.
“Sukutga – sukut, hujumlarga – qarshi zarbalar”, deydi u.
Shuningdek, u Moskvaning so‘zlariga ishonib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
“Biz Moskvaning qanday qilib manipulyatsiya qilishini juda yaxshi bilamiz. Biz hamma narsaga tayyormiz”, deydi Ukraina rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70312 | Инструменты