Festivalning eng yorqin hodisasi bu o'zbek milliy taomi bo'lmish palovning tayyorlanishi bo'ladi. Sababi - mahoratli oshpazlarimiz 8 tonna miqdordagi palovni tayyorlashadi. Bu jarayonda “Guinnes World Records” vakillari ham bevosita ishtirok etib, ekspertlar tomonidan tayyorlangan oshning miqdori bo'yicha jahon rekordini qayd etadilar.
8-sentyabr kuni poytaxtimizda “O'zbegim” milliy qadriyatlar festivali o'tkaziladi. “Milliy” telekanali tomonidan tashkil etilayotgan, boy madaniy merosimizni aks ettirishni o'z oldiga maqsad qilgan ushbu festival dasturi juda ham sermazmun, xususan, xalq hunarmandlarining yarmarkalari, xalq o'yinlari bilan bir qatorda milliy urf odatlarni namoyon etuvchi shoularni o'z ichiga olgan. Ushbu festival oldidan bugun OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida Festival tashkilotchilari tomonidan qayd etilganidek, mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, O'zbekistonning madaniy qadriyatlarini qo'llab-quvvatlash va ommalashtirish, mamlakatning boy badiiy merosi bilan hamyurtlarimiz hamda xorijlik mehmonlarni tanishtirish, milliy madaniyat va san'atimizning eng yaxshi namunalarini xalqaro jamoatchilikka ko'rsatish, shu bilan birga, yurtimizning sayyohlik salohiyatini namoyon etishdan iboratdir.
Festival dasturidan Sharq art-bozori va mahorat darslari, gastronomik yarmarka, dorbozlar shousi va xalq o'yinlari, gala konsert hamda feyshn shou singari tadbirlar o'rin olgan. Qayd etish joizki, festivalning eng yorqin hodisasi bu o'zbek milliy taomi bo'lmish palovning tayyorlanishi bo'ladi. Sababi - mahoratli oshpazlarimiz 8 tonna miqdordagi palovni tayyorlashadi. Bu jarayonda “Guinnes World Records” vakillari ham bevosita ishtirok etib, ekspertlar tomonidan tayyorlangan oshning miqdori bo'yicha jahon rekordini qayd etadilar. Ta'kidlash joizki, 18 avgust kuni Toshkent viloyatida 6 tonnadan ortiq palov tayyorlangan edi. Bu o'z o'rnida 8 avgust kuni o'tkaziladigan festival oldidan repetitsiya jarayoni edi.
Shu bilan birga festival doirasida “O'zbegim” kitobining taqdimoti ham rejalashtirilgan. Ayni damda esa festivalning asosiy tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan maydonda qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51211 | Инструменты