Kun fakti: Dunyodagi eng qimmat mamlakat ma’lum bo’ldi

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiya yashash xarajatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib, Shveysariyani ortda qoldirdi.

Buning asosiy sababi pandemiyadan keyin turizmning keskin sur’atlarda rivojlangani bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi.

Biroq sayyohlar oqimining ortishi natijasida uy-joy narxlari, xizmatlar va kundalik turmush xarajatlari ham sezilarli darajada qimmatlashmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52920 | Инструменты