Betmen haqida turkum filmlar rejissyori Joel Shumaxer vafot etdi
Nyu-Yorkda 81 yoshini qarshilagan taniqli amerikalik kinorejissyor «Abadiy Betmen», «Opera sharpasi», «Telefon budkasi» filmlari muallifi Joel Shumaxer vafot etdi. Xabarda aytilishicha, rejissyor onkologik kasallikdan aziyat chekkan.
Ma'lumot o'rnida
Joel Shumaxer 1939-yilning 29-avgustida Nyu-Yorkda tavallud topgan. U kinoga moda olamidan kelgan edi. Joel o'zining Gollivuddagi karyerasini liboslar bo'yicha rassom sifatida boshlagan.
Rejissyorning «Opera sharpasi», «Koma holatiga tushuvchilar», «Betmen va Robin», «Abadiy Betmen», «Yolg'on ortida», «Qotillik vaqti», «23 raqam», «Telefon budkasi» filmlari eng mashhurlari hisoblanadi.
Amerikalik kinoaktrisa Nikol Kidman ishtirokidagi «Begona uy» filmi (2011-yil) va hammaga yaxshi tanish «Kartadan qurilgan uy» serialining (2013-yil) ikki qismi rejissyorning so'nggi ishlari bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51100 | Инструменты